Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Jaloliddin Manguberdining qabri qayerda?

Jaloliddin Manguberdining qabri qayerda?

Tadqiqotchilar buni o‘rganish va buyuk sarkarda hokini O‘zbekistonga olib kelishga kirishdi. Bu haqda Respublika Ma’naviyat va marifat markazi matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Avgust oyida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan «Ma’naviyat festivali»da Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Xorazm viloyati rahbari B.Abdirimov OAVlari bilan bo‘lgan matbuot anjumanida shunday dedi:

«Biz Turkiya davlati bilan hamkorligida bir yirik loyihani amalga oshirish arafasida turibmiz. O‘zbek elining milliy qahramoni Jaloliddin Manguberdi qabrini O‘zbekistonga olib kelish, davlatchiligimizning Turkiya tarixchilari nazaridagi ma’lumotlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Biz o‘z tariximiz va turk tarixchilari manbalarini omixtalagan holda yangi tarix sahifalarini ochish niyatidamiz. Shu orqali tariximizni yangi bosichda o‘rganish ishlarini olib bormoqdamiz. Albatta, bu loyihamiz millatimizda vatanparvarlik g‘oyalarini o‘stirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi».

Mazkur fikrlar ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari «Ma’naviyat festivali» doirasida ichki turizmni rivojlantirish borasida «Ma’rifat tur»loyihasi, «Jamiyat tariqiyotining asosi — ma’naviyatdir» ilmiy-amaliy konfrensiyasi, «Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi» ko‘rik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 20:00 23.08.2019. O'qildi: 5082 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!