Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Jahongir Ortiqxo‘jayev ayollarga: "Erlaring bormi senlarning o‘zi, bolalaring bormi?"

Jahongir Ortiqxo‘jayev ayollarga: "Erlaring bormi senlarning o‘zi, bolalaring bormi?"

Oldinroq Toshkent shahar hokimi va shikoyatchilar o‘rtasidagi mojaroli vaziyat haqida xabar bergandik.

"Minbar.uz" saytida ushbu voqeaga oid qo‘shimcha tafsilotlar ham paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, uchrashuvning aël arzchilaridan ayrimlari¸ muammoni hal qilmasa¸ xalqning gapini eshitmasa¸ hokimdan miting o‘tkazishga ruxsat berishni so‘raydi.

Shu o‘rinda Ortiqxo‘jayev¸ erkak arzchilarga qarata:

Erkakmisan o‘zi¸ g‘ururing bormi¸ mujikmisan¸ nimadan qo‘rqasan¸ qamalishdanmi”¸ deb stolga urib vajohat bilan yuzlanadi.

Hissiëtli aytishuv orasida Ortiqxo‘jayev arzchi aëllarga :

Erlaring bormi sanlani o‘zi ¸ bolalaring bormi¸ g‘urur bormi?“Musulmon (aël) erkak kishi gapirganda yerga qarab jim o‘tiradi”¸ deb tanbeh beradi.

Toshkent shahar hokimligining matbuot xizmati hokimning ushbu so‘zlari umumiy konteksdan yulib olinganligini aytdi, deb xabar beradi Kommersant.uz nashri. Nashrining aytishicha, hokimlik tez orada vaziyatni uzil-kesil aniqlashtiruvchi videoni e’lon qiladi.

«Artel Injiniring» va DUK Tashkent-city boshqargan Ortiqxo‘jayev 2018 yilning aprelida Toshkent hokimi etib tayinlangan.

Ikki oy oldin Alter Ego Youtube-kanaliga bergan intervyusida Ortiqxo‘jayev uyni buzilishidan norozilarni fitnachiga chiqargan edi. Uning aytishicha, matbuotda amaldorlar haqida chop etilayotgan maqolalarning yarmi buyurtmadir.

Kiritildi: 14:58 22.08.2019. O'qildi: 5894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!