Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Jahonda jurnalistlarning o‘ldirilishi keskin oshdi

A A A
Jahonda jurnalistlarning o‘ldirilishi keskin oshdi

Xalqaro Jurnalistlar federasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda dunyo bo‘ylab 94 jurnalist o‘ldirilgan.

O‘tgan 2022 yilda bu ko‘rsatkich 68 kishi tashkil etgan, bu yilgi miqdor esa 40 foizga ko‘pdir.

Aksariyat jurnalistlar 7 oktyabrdan keyin boshlangan G‘azodagi janglarda halok bo‘lgan (71 kishi). Ukrainadagi mojaroda uch kishi halok bo‘ldi: bir ukrainalik, bir rossiyalik va bir fransuz jurnalisti.

Shuningdek, federasiya hisob-kitoblariga ko‘ra, turli mamlakatlarda 393 nafar jurnalist qamoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni Xitoy egallab, u yerda 80 nafar jurnalist qamoqda. Keyingi o‘rinlarda Myanma (54), Turkiya (41), Rossiya (40), Belarus (35).

Kiritildi: 19:10 08.12.2023. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!