Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Izboskanda aholi orasidan koronavirus chiqdi, hokimlik esa ommaviy tadbir o‘tkazmoqda

Izboskanda aholi orasidan koronavirus chiqdi, hokimlik esa ommaviy tadbir o‘tkazmoqda

Andijon viloyati Izboskan tumanida 23 may kuni bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Tuman hokimligi esa 25 may kuni ommaviy tadbir o‘tkazgan. Bu haqda Zed News telegram kanali xabar tarqatdi.

Shu tufayli bemor bilan aloqada bo‘lgan 51 kishi karantinga olingan. Ularning orasida oila a’zolari ham bor. 26 kishi ko‘chada bemor bilan muloqot qilganlardir.

Mana shunday og‘ir vaziyatda "Andijon namunasi" asosida tumanda "Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish tashkil etilgan (suratda). Ularning orasida yoshi katta keksalar ham bor. Bu haqda hokimiyat matbuot xizmati xabar bergan.

Kiritildi: 11:21 26.05.2020. O'qildi: 6638 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!