Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Izboskan tumanida zamonaviy issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlandi

A A A
Izboskan tumanida zamonaviy issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bo‘limi tomonidan “Turonbank” ATB Andijon filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, mazkur filial boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari I.K. va tumandagi “H.” xususiy bog‘dorchilik xo‘jaligi rahbari X.P.lar zamonaviy energiya tejamkor issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 000 AQSh dollari imtiyozli kredit mablag‘i evaziga issiqxona qurmasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali talon-toroj qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 20 000 AQSh dollari undirilishi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:32 10.05.2022. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!