Ittifoqchilar Kiyevni masofadan boshqariladigan uchar qurilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro koalisiya faoliyati doirasida Ukrainaga 30 mingta yangi dron jo‘natadi, deyilgan Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi saytida e’lon qilingan bayonotda.
Bu galgi ko‘mak Birlashgan Qirollikdan tashqari Latviya, Daniya, Shvesiya va Niderlandiya tomonidan moliyalashtiriladi.