Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Italiyaning shimolida bo‘ronlar, janubda esa g‘ayritabiiy issiqlik bilan kurashmoqda

A A A
Italiyaning shimolida bo‘ronlar, janubda esa g‘ayritabiiy issiqlik bilan kurashmoqda

Italiyaning shimolida kuchli bo‘ron va yomg‘ir yog‘di, mamlakatning markaziy va janubiy qismlarida jazirama kuzatildi.

Mamlakat shimolidagi Lombardiya viloyatining poytaxti Milanda kuchli shamol va yong‘oq kattaligidagi do‘l avtomobillarga zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Italiya va Shveysariya chegarasida joylashgan Komo ko‘lining ayrim hududlarida suv sathining ko‘tarilishi tufayli suv toshqinlari sodir bo‘ldi.

Vareze shahri va uning atrofida sodir bo‘lgan dovul vaqtida yog‘ingarchilik tufayli ko‘plab daraxtlar qulab tushdi, ayrim hududlarda ko‘chkilar sodir bo‘lib, yo‘llarning tiqilib qolishiga olib keldi.

Ayni paytda Afrikadan kelayotgan g‘ayritabiiy issiqlik mamlakatning markaziy va janubiy hududlariga ta’sir qilishda davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ekstremal havo haroratining ko‘tarilishi sharoitida mamlakatning bir qator shaharlari uchun xavf darajasini yangilashda davom etmoqda. Xususan, Italiyaning markaziy va janubiy mintaqalaridagi 11 ta shaharda «qizil» ogohlantirish darajasi e’lon qilindi.

Rim aholisi g‘ayritabiiy jaziramada suv olish va salqinlash uchun Italiya poytaxtidagi favvoralar yonida uzun navbatga turishmoqda.

Kiritildi: 19:39 13.07.2024. O'qildi: 1758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!