Italiyada mamlakat bo‘ylab kutilgan ekstremal issiqlik sababli ko‘pgina shaharlar uchun «qizil» darajadagi xavf ogohligi e’lon qilindi.
Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda issiqlik to‘lqini bu kunlarda ko‘p shaharlarni qamrab olishi kutilmoqda, deb ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik issiqlikdan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar va aholiga ogohlantirishlar e’lon qildi.
Shanba kuni Ankona, Bolonya, Bolsano, Breshiya, Florensiya, Frozinone, Latina, Milan, Neapol, Palermo, Perudja, Peskara, Rim, Turin, Triyest, Venesiya va Verona kabi shaharlarda maksimal xavf darajasidagi «qizil» ogohlik berildi. Yakshanba kuni bu ro‘yxatga Kataniya, Chivitavekkya, Riyeti va Viterbo ham qo‘shiladi — jami 21 shahar juda kuchli issiqlik oqibatlariga duchor bo‘ladi.
Vazirlik ta’kidlashicha, «qizil» xavf darajasidagi hududlarda issiqlik nafaqat qariyalar, bolalar va surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar uchun, balki sog‘lom va jismonan faol odamlar uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.