Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Italiyada o‘zining pishloq zavodida bir kishi pishloq uyumlari ostida halok bo‘ldi

A A A
Italiyada o‘zining pishloq zavodida bir kishi pishloq uyumlari ostida halok bo‘ldi

Pishloq zavodi xo‘jayini 74 yoshli Jakomo Kyapparini yakshanba kuni Italiya shimolidagi Romano-di Lombardiya shahridagi omborxonada ming dona pishloq uyumlari ostida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda BBC.

Milandan 50 kilometr sharqda joylashgan omborda jami 25 000 dona Grana Padano, Parmesanga o‘xshash va Italiyada juda mashhur bo‘lgan qattiq pishloq saqlangan.

Pishloq tokchalaridan birining qulashi domino effektini keltirib chiqardi, natijada har birining og‘irligi taxminan 40 kg bo‘lgan minglab pishloq qulab tushdi.

Qutqaruvchilar erkakni qutqarish uchun tun bo‘yi ishladilar, biroq uni tirik topish umidi daqiqa sayin so‘nib borardi. Jakomo Kyapparinining jasadini topish va uyumlar ostidan olib chiqish uchun 12 soatdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, ba’zi pishloqlar taxminan 10 metr balandlikdan tushib ketgan.

Biznesga yetkazilgan zarar 7 million yevroga (yoki 6 million funt sterling) baholanmoqda, deb xabar beradi Euronews.

Mahalliy polisiya voqea yuzasidan tergov boshladi.

Kiritildi: 10:59 08.08.2023. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!