Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Italiyada katta ish tashlash bo‘lmoqda

A A A
Italiyada katta ish tashlash bo‘lmoqda

29 noyabr kuni minglab ishchilar Italiya bo‘ylab ish haqi va xizmatlar sifatini oshirishni talab qilib, umumiy ish tashlashda qatnashdi, ular bosh vazir Jorja Meloni hukumatining byudjet rejalariga ham qarshi, deb yozmoqda AP.

Juma kuni davlat xizmati, ta’lim xodimlari, ishchilar va jamoat transporti xodimlari Italiyada ikkita yirik kasaba uyushmasi birlashmasi — Butunjahon Italiya mehnat konfederasiyasi (CGIL) va Italiya mehnat ittifoqi (UIL) chaqirig‘iga binoan umumiy ish tashlash o‘tkazdi.

Kasaba uyushmalari hukumatning kelgusi yil uchun byudjetni o‘zgartirish bo‘yicha rejalarini mamlakat muammolarini hal qilish uchun mutlaqo yetarli emas deb hisoblaydi. Ular, shuningdek, ish haqi va pensiyalarni oshirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xizmatlar hamda sanoat siyosatini moliyalashtirishni talab qilmoqda.

Kiritildi: 09:40 01.12.2024. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!