Italiyada Bolonya va Rimini shaharlari orasidagi yo‘lda ikkita yo‘lovchi poyezdining to‘qnashuvi oqibatida 17 kishi jabrlandi.
Bu haqda Rainews24 xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala poyezd ham nihoyatda past tezlikda harakatlanayotgan bo‘lib, barcha qurbonlar yengil tan jarohatlari olgan.