Italiyaning O‘rta yer dengizidagi Lampeduza oroli qirg‘oqlarida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan kemaning qulashi oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi.
Italiyaning ANSA axborot agentligi xabariga ko‘ra, qayiq Tunisning Safakes shahridan Yevropaga yo‘l olgan.
Italiya qirg‘oq xavfsizligi kuchlari to‘rt kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Qutqarilgan muhojirlarga ko‘ra, bortda 45 kishi, jumladan, uch nafar bola bo‘lgan.
Xabar qilinishicha, qayiq suzib ketganidan 6 soat o‘tib kuchli bo‘ron tufayli ag‘darilib ketgan.
Xalqaro Migrasiya Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yildan beri Liviya va Tunisdan Italiyaga dengiz orqali o‘tishga uringan 14 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.