Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Italiya qirg‘oqlari yaqinida yelkanli qayiq halokatida 34 muhojir halok bo‘ldi

A A A
Italiya qirg‘oqlari yaqinida yelkanli qayiq halokatida 34 muhojir halok bo‘ldi

Italiya janubiy qirg‘oqlari yaqinidagi Ion dengizida muhojirlarni olib ketayotgan yelkanli qayiq cho‘kib ketdi. 34 kishi fojia qurboni bo‘ldi.

Halokat Kalabriya qirg‘oqlaridan 120 dengiz mili uzoqlikda yuz berdi, deb yozadi RIA Novosti Corriyere della Calabria nashriga tayanib. Halok bo‘lganlarning sakkiz nafari voyaga yetmaganlardir.

Qidiruv tashkilotlaridan biri omon qolgan 11 kishini topdi, kemada jami 66 kishi bo‘lgan, ulardan 26 nafari bolalar.

Qidiruv-qutqaruv operasiyasi davom etmoqda. Sohil xavfsizlik xizmati qidiruv ishlariga samolyotlarni jalb qildi.

Kiritildi: 18:08 22.06.2024. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!