Reuters xabariga ko‘ra, Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Rimda o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakat G‘azo va boshqa Falastin hududlarida yangi polisiya kuchlarini o‘qitishga tayyor ekanini aytdi.
“Biz G‘azoda yangi polisiyani tayyorlashga tayyormiz, shuningdek falastin polisiyasini ham o‘qitishga tayyormiz”, — dedi u.
Shuningdek, Tayani Italiya AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi — G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashi faoliyatida ishtirok etish niyatida ekanini tasdiqladi. Rim 19 fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan mazkur tuzilmaning ilk yig‘ilishiga taklif olgan.