Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Iste’molgan yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molgan yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Z. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Kasbi tumani “Tinchlik” MFY hududida 2 nafar fuqaroga jami 600 dona "Russkaya vodka" nomli iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "A." MCHJ rahbari A.A. Qamashi tumani, “O‘zbekiston” MFY hududida xaridorga jami 320 dona "Russkaya vodka", "NE VODKA", "SHAHRISABZ" va "SABRANIE" nomli iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:22 01.03.2024. O'qildi: 687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!