Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi

A A A
Iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar Z.N., S.I va boshqalar o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida tashkil etgan yashirin sexlarda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, ushbu xonadonlardan jami 274 litr qo‘lbola yog‘, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:26 17.02.2024. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!