Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar oldindan kutilganidan ham ijobiyroq yakunlandi.
Bu haqda CNN turk rasmiysiga tayanib xabar berdi.
"Hodisa kutilganidan ham ijobiyroq bo‘ldi. Tomonlar ayblovchi ohangga o‘tishmadi. O‘z-o‘zidan boshi berk ko‘chaga tushib qolganday tuyulgan bir paytda biz harbiy asirlarni almashishni taklif qildik. Ukraina tomoni jarayon davomida buning uchun Kiyevdan ruxsat so‘ragan”, - deya ta’kidladi telekanal suhbatdoshi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, aftidan, Rossiya tomoni muzokaralar davomida Ukraina tomoniga qaraganda kamroq maslahatlashishi kerak edi.
Avvalroq Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Moskva va Kiyev “1000 ga 1000” formulasi bo‘yicha mahbuslarni almashish, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi tasavvurlarini taqdim etish, uni batafsil bayon qilish va muzokara jarayonini davom ettirishga kelishib oldi. Rossiya delegasiyasi rahbari, prezident yordamchisi Vladimir Medinskiyning aytishicha, Rossiya tomoni uchrashuv natijalaridan mamnun. Shuningdek, u Ukraina davlatlar rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni so‘ragani va Rossiya bu iltimosni inobatga olgani haqida xabar berdi.