Uchrashuv boshida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan so‘zga chiqdi. U tomonlarga ko‘rsatgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi, so‘ng esa muzokaralar yopiq formatda davom etdi.
"Muzokaralar arafasida delegasiyalar rahbarlari — Rustem Umerov va Vladimir Medinskiy o‘rtasida shaxsiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan ham ishtirok etdi", deya xabar bermoqda ukrain matbuoti.