Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Istanbulda ofisiantlari harbiycha kiyingan restoran yopildi

A A A
Istanbulda ofisiantlari harbiycha kiyingan restoran yopildi

Turkiyaning Istanbul viloyati hokimiyati ofisiantlari harbiy libosda ishlayotgan restoran lisenziyasini bekor qildi. Ta’qib jarayonida uch kishi hibsga olingan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda arab taomlarini tayyorlaydigan restoran ofisiantlari mijozlarga harbiy kiyimda xizmat ko‘rsatayotgani aks etgan video namoyish qilingandi. Hokimlik matbuot xabarnomasida restoran mahalliy fuqaroga tegishli ekani aytilgan.

– Tasvirda aks etgan harbiy kiyimli ofisiant, mulk egasi va restoran direktori qo‘lga olindi, – deyilgan axborotda. – Ularga nisbatan “Millat, respublika, davlat muassasasi va idorasi sha’nini kamsitish” ayblovi bilan jinoiy ish ochilib, tergov boshlandi. Tekshiruv natijasida ruxsatsiz va sug‘urtasiz ishlayotgan xorijlik uch nafar xodim ham ushlanib, vataniga jo‘natilgan.

Kiritildi: 23:45 18.04.2024. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!