Turkiyaning Istanbul shahri Bosh prokuraturasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallan va yana 35 nafar isroillik siyosiy va harbiy arboblarni hibsga olish uchun order berganini e’lon qildi. Tegishli bayonot prokuratura tomonidan 7 noyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
Prokuratura to‘plangan dalillar «genosid» va «insonga qarshi jinoyatlar» alomatlaridan dalolat berishini ta’kidlamoqda.
Bayonotda G‘azoning tinch aholisiga hujumlar, gumanitar yo‘laklarning blokadasi, shifoxonalarga zarbalar, shuningdek, xalqaro suvlarda Sumud gumanitar flotiliyasiga hujum qayd etilgan.
37 nafar ayblanuvchi orasida Netanyahu va Gallandan tashqari, Isxak Hersog (Isroil prezidenti), Beni Gans, Itamar Ben-Gvir, Eyyal Zamir, David Salama va boshqa yuqori martabali shaxslar bor.
Qayd qilinishicha, prokuratura iltimosiga ko‘ra, navbatchi sud ushbu shaxslarni hibsga olish uchun order berish to‘g‘risida qaror chiqardi.
«Turkiya Falastin xalqiga qarshi insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor bo‘lganlarning barchasini javobgarlikka tortish uchun xalqaro huquq tamoyillari doirasida harakat qiladi. Tergov puxta va har tomonlama davom etmoqda», deyiladi prokuratura bayonotida.