Yangi yil kechasida uy derazasidan o‘q uzishga qaror qilgan ota va qiz Istanbulda qo‘lga olindi.
Habertürk xabariga ko‘ra, otishma shaharning eng zich joylashgan tumanlaridan biri - Esenyurtda sodir bo‘lgan. Telekanalning ta’kidlashicha, voqea guvohlar tomonidan videoga olingan.
Polisiyachilar videotasvirni ko‘zdan kechirib, ota va qizning shaxsini aniqlab, yashash joylarida ushlagan, ular uchastkalarga olib kelingan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.