Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi

Issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi

Toshkent shahrida issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni qabul qilgan qarorda belgilab qo‘yilgan.

Qarorga ko‘ra, narxlar 15 foizga oshiriladi. Jumladan, aholiga issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi chakana tarifi 121 617 so‘m/Gkal bo‘ladi.

Shu bilan birga yuridik shaxslar uchun tarif ham 15 foizga oshadi –1 Gkal uchun 244 497 so‘mga.

Yangi tariflarning amalga kiritilish sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 11:08 20.09.2024. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!