Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi qozonxonalar uchun gaz narxlari pasaytirildi

Issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi qozonxonalar uchun gaz narxlari pasaytirildi

Shu kunga qadar to‘lovlar va hisob-kitoblar 4 barobargacha qimmat tariflarda hisoblanib kelingan.

Raqobat qo‘mitasi takliflari asosida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga issiqlik energiyasi yetkazib berish uchun tabiiy gaz tariflari kamaytirilishiga erishildi.

Ta’kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 may kunidan tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor va tariflar belgilangan edi.

Issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi qozonxonalar uchun gaz narxlari pasaytirildi

Shuningdek, 2024 yil 31 maydagi Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 111-bandiga asosan, maishiy iste’molchini gaz bilan ta’minlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munisipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga hamda aholi ehtiyojlari uchun lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblar kommunal-maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tariflar va shartlar asosida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Mazkur talab asosida aholi ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi yetkazib berishda lokal qozonxonalar tabiiyki, me’yordan ortiq tabiiy gaz iste’mol qilingan bo‘lib, to‘lovlar va hisob-kitoblar 4 barobargacha qimmat tariflarda hisoblanib kelingan. Buning oqibatida aholi lokal qozonxonalar orqali issiqlik energiyasidan foydalanishda qimmat narxlarda to‘lash lozim bo‘lgan.

Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida, Raqobat qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda takliflar ishlab chiqilib, Hukumatga kiritilgan edi. Ushbu takliflarni inobatga olib Vazirlar Mahkamasining 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 111-bandiga tegishli o‘zgartirish kiritildi.

Natijada maishiy iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash uchun tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munisipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovlar va hisob-kitoblar maishiy iste’molchilar uchun bazaviy me’yor bo‘yicha belgilangan tarif asosida (ya’ni amalda 650 so‘m) amalga oshirilishi qayd etildi.

«Endilikda, bu aholi ehtiyojlari uchun yuqoridagi sub’ektlardagi lokal qozonxonalar orqali issiqlik energiyasi yetkazib berish xizmatlari tariflari mutanosib ravishda kamayishiga xizmat qiladi», – deyiladi Qo‘mita xabarida.

Kiritildi: 15:31 03.12.2024. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!