Tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad — ko‘l suvining holati haqida aniq ma’lumot olish, sifat ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni kuzatish hamda ko‘l ekotizimiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘z vaqtida aniqlash.
Monitoring an’anaviy ravishda yiliga ikki marta — sayyohlik mavsumi boshlanishidan oldin va mavsum yakunlanganidan keyin o‘tkaziladi.
Yaqinda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov BMT Bosh Assambleyasida so‘nggi yillarda Issiqko‘l sathi har yili 7 santimetrga pasayib borayotganini aytgan edi. U xalqaro hamjamiyatni BMT doirasida ko‘lni saqlab qolish bo‘yicha maxsus trast jamg‘armasini tashkil etishga chaqirgan.