Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Issiq-sovuq”dan qanday himoyalanish kerak?

“Issiq-sovuq”dan qanday himoyalanish kerak?

— Sadaqa sehr-jodudan asraydimi? Sehr-jodu, “issiq-sovuq”dan qanday himoyalanish kerak?

— Sehr-jodudan saqlanish uchun sadaqadan ko‘ra boshqa amallar tavsiya qilinadi. Sehrdan saqlanish uchun avvalo, Allohga bo‘lgan iymonni mustahkam qilish, U Zotning irodasisiz bandaga hech qanday zarar yetmasligiga qattiq ishonish, ko‘p zikr qilib yurish kerak.

Shuningdek, Baqara surasi sehrdan himoya qilishi hadisi shariflarda kelgan. Ayniqsa, Kursi oyati va sura oxiridagi ikki oyat insonni turli balo-ofatlardan saqlaydi. Shu bilan birga Falaq va Nos suralarini o‘qib, kishi o‘ziga dam solib yurmog‘i kerak. Ta’kidlash kerak bo‘lgan narsa shuki, mazkur sura, oyat va duolar zarar ko‘rgandagina emas, balki bir mo‘min-musulmon kunda o‘qib, o‘ziga dam solib yurishi kerak bo‘lgan zikrlardir. Vallohu a’lam.

Odinaxon Muhammad Sodiq

Kiritildi: 21:31 21.08.2019. O'qildi: 28571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!