“Harorat ko‘tarilishi natijasida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Natijada poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin”, —deyiladi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabarida.
Ta’kidlanishicha, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda sovitish tizimi ishlash quvvati ham pasayishi mumkin.