17 aprel kuni e’lon qilingan sulhga qaramay, so‘nggi 24 soat ichida Livan janubida Isroilning havo hujumlari natijasida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yana 46 nafar Livan fuqarosi jarohat olgan.
2 mart kuni harbiy kuchayish boshlanganidan beri tinch aholi orasida halok bo‘lganlarning umumiy soni 2679 kishiga yetdi, 8229 kishi yaralandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroil aholi punktlariga zarba berishda davom etar ekan, halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni ko‘payishi mumkinligini ta’kidladi.