The Times of Israel nashrining xabar berishicha, tegishli buyruq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tomonidan berilgan. Amaliyot natijasida “Hizbulloh”ning shtab boshlig‘i Haysam Ali Tabtabauiy o‘ldirilgani ma’lum qilindi.
"Tabtabauiy “Hizbulloh”da bosh kotib Naim Qosimdan keyingi eng ta’sirli shaxslardan biri hisoblanar edi", deya qayd etadi The Times of Israel.
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, aviahujum Bayrutning janubiy qismidagi Xaret-Xreyk tumanidagi binoga qilingan. Hujum oqibatida taxminan 20 kishi yaralangan, ikki nafar shaxs halok bo‘lgan.
Kan telekanali xabariga ko‘ra, Isroil Bayrutda operasiya o‘tkazish niyati haqida Qo‘shma Shtatlarni oldindan xabardor qilgan. AQSh Haysam Ali Tabtabauiyning manzili haqida ma’lumot topib berganlarga 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.