Guvohlar va tibbiy manbalarga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoridagi ayrim hududlarga havo hujumi natijasida 20 nafar falastinlik halok bo‘lgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor.
Erta tongdan Isroil qo‘shinlari turar-joy hududlari, odamlar gumanitar yordam kutayotgan joylar va shaxsiy uylarni nishonga olmoqda.
G‘aza shaharining shimoli-g‘arbidagi Tuvan hududida Sulton oilasining kvartirasiga qilingan hujumda 14 kishi halok bo‘ldi, yana ko‘p odamlar yaralandi.
Shayx Ridvon mahallasida tinch aholi to‘planadigan joyga qilingan hujumda 4 kishi halok bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, Isroil askarlari uylar va binolarni vayron qilish uchun portlovchi robotlardan foydalangan, hududni artilleriya va pulemyotlardan o‘qqa tutgan. Shulaydek, Shudjay mahallasi sharqiy qismi ham artilleriyadan o‘qqa tutildi.
Deyr al-Baloxda, sektorning markaziy qismida, Al-Akso shahidlari shifoxonasi yaqinidagi chodirga qilingan hujumda ko‘plab falastinliklar yaralandi.
G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida Isroil gumanitar yordam kutayotgan odamlarga hujum qilib, bir kishi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, Xon Yunusda isroillik uchuvchisiz samolyot Al-Nasr kasalxonasi bog‘ida Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlariga hujum qilib, bir kishi halok bo‘ldi.