Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida so‘nggi 24 soat ichida kamida 29 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari butun Falastin anklavidagi ko‘chirilganlar joylashgan chodirli lagerlarga zarba bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 7 oktyabr holatiga ko‘ra, G‘azo sektoridagi janglar chog‘ida Isroilning hujumlari natijasida 51 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 117 mingga yaqin kishi jarohatlangan.