Isroil ikki hafta davomida Eronda operasiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda.
Mamlakat yuqori martabali mulozimining WSJ nashriga aytishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga qarshi operasiyasi tugallanmagan, chunki mamlakat rahbariyati buni 14 kunga rejalashtirgan.
WSJ ta’kidlaganidek, bu vaqt oralig‘i tahlilchilarning prognozlariga mos keladi, chunki bir kunda bir zarba to‘lqini Eron yadroviy dasturiga yetarli darajada zarar yetkaza olmaydi. Bundan tashqari, Isroil Eronning ob’ektlari, rahbariyati va arsenaliga bir vaqtning o‘zida zarba berish va shu bilan javob zarbasi ehtimolini cheklash uchun Eronda keng qamrovli harakat qilmoqda.
Isroil bu yondashuvni Livanda, 2024 yilning kuzida, eronparast Hizbulloh guruhining qurollari va infratuzilmasini yo‘q qilganda, shuningdek, rahbariyatini ham yo‘q qilganda qo‘llagan.
Ismi oshkor etilmagan rasmiy WSJ bilan suhbatda aytganidek, Eron bilan hozirgi mojaro xuddi shu tarzda yakunlanishi mumkin.