Isroilning Eronga hujum qilish rejalariga oid Pentagon maxfiy hujjatlari internetga sizdirildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘ta maxfiy” deb tasniflangan hujjatlar 18 oktyabr kuni internetda chop etilgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hujjatlarda SAXALning Eronga zarba berishga tayyorgarligi, jumladan, uzoq masofali raketalarni ishlab chiqish, havoda yonilg‘i quyish mashqlari va dronlardan foydalangan holda yashirin operasiyalar o‘tkazish haqida ma’lumotlar mavjud.
Ma’lumotlar oshkor etilishiga qaramay, AQSh rasmiylari Isroilning Eronga zarba berish rejalari o‘zgarmasligini ta’kidlamoqda.