Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroilning Dimona shahriga qilingan hujumda 40 nafarga yaqin odam jarohat oldi (video)

Isroilning Dimona shahriga qilingan hujumda 40 nafarga yaqin odam jarohat oldi (video)

Isroil janubida joylashgan Dimona shahriga raketa hujumi oqibatida kamida 39 kishi jarohat oldi.

Bu haqda shoshilinch tibbiy yordam xizmati Magen David Adom bayonotida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaradorlar orasida bir bola bor va uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Dimona mamlakat janubidagi Negev cho‘lida, Isroilning milliy yadroviy tadqiqotlar markazi joylashgan joyda joylashgan.

Avvalroq Eron Milliy teleradioyeshittirish korporasiyasi (IRIB) Dimonaga qilingan hujum Natanz yadroviy inshootiga qilingan zarba uchun qasos sifatida amalga oshirilganini xabar qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!