Isroil havo kuchlarining 20 ta qiruvchi samolyoti Tehron va Eron g‘arbidagi harbiy nishonlarga 30 ta snaryad tashladi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi ma’lum qildi.
"Isroil harbiy-havo kuchlarining 20 qiruvchi samolyoti aniq razvedka ko‘rsatmalariga amal qilib, yaqinda Erondagi harbiy ob’ektlarga 30 dan ortiq o‘q-dorilardan foydalangan holda hujum qildi”, — deyiladi bayonotda.
Xususan, “qiruvchi samolyotlar Isroil davlati hududiga zarba berishga mo‘ljallangan raketalarni saqlash va uchirish infratuzilmasiga, shuningdek, Eron g‘arbidagi Kermanshoh va Medandagi harbiy radar stansiyalariga hujum qildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida. “Bundan tashqari, Tehron markazida zenit-raketalarni uchiruvchi qurilmaga hujum qilindi”, — deya qo‘shimcha qildi departament.