Isroil futbol assosiasiyasi (IFA) intizom sudi “Eremiaxu Xolon” klubining yoshlar jamoasi futbolchisini 99 yilga diskvalifikatsiya qildi, deb xabar bermoqda One.
Taqiq janjaldan kelib chiqqan. Ismi oshkor qilinmagan 17 yoshli futbolchi o‘yindan so‘ng kiyinish xonasi yonida raqibiga hujum qilib, uni kaltaklay boshlagan. Voqea videokuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Klub 2500 shekel (800 dollarga yaqin) miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, klub ochkodan mahrum qilindi.