Isroil poytaxti Tel-Avivda G‘azoda saqlanayotgan isroillik mahbuslarni qaytarish talabi bilan olomon namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Isroil Mudofaa vazirligi binosiga 2 mingga yaqin namoyishchi to‘plangan.
Namoyishchilar Netanyaxu va uning hukumati a’zolariga qarshi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib yurishgan.
Mahbuslarning yaqinlari mitingdagi chiqishlarida Netanyaxu hukumatini mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuv tuzishga chaqirdi.
G‘azoda taxminan 101 nafar isroillik mahbus bor.
Isroil va xalqaro hamjamiyat Netanyaxuni HAMAS bilan asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvni siyosiy sabablarga ko‘ra imzolashdan bosh tortganlikda ayblamoqda.