Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi

Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi

Livandagi «Hizbulloh» guruhi matbuot kotibi Muhammad Afif Isroilning Bayrutga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Reuters ham manbalariga tayanib, Afif Livan poytaxti markaziga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lganini yozdi. Zarba nishoni Baas partiyasining Ras an-Naba hududidagi qarorgohi bo‘lgan. Hujum vaqtida partiya rahbari Ali Hijoziy binoda bo‘lmagan.

Afif - «Hizbulloh» a’zosi, matbuot bilan aloqalar uchun mas’ul xodim. Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, u guruhning avvalroq o‘ldirilgan bosh kotibi Hasan Nasrullohning maslahatchisi ham bo‘lgan va u ishtirok etgan har bir intervyuda qatnashgan. O‘tmishda Muhammad Afif «Al-Manar» telekanali bosh direktori bo‘lib ishlagan va Livandagi jurnalistik doiralarda keng tanilgan.

Isroil armiyasi Bayrutdagi Ras an-Naba hududiga berilgan zarbani izohlamadi.

Kiritildi: 20:25 17.11.2024. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!