Qayd etilishicha, Isroil harbiy-havo kuchlari zarbalari Tel-Aviv yaqinida husislarning navbatdagi raketasi urib tushirilganidan keyin amalga oshirilgan.
SAXAL vakili nishonlar orasida Qizil dengiz portlari va Yaman poytaxti Sanadagi energetika infratuzilmasi borligini ma’lum qildi.
Husiylar nazorati ostidagi Al Masirah telekanali Salif portida yetti kishi va Hodeyda viloyatidagi Ras Isa shahrida joylashgan neft inshootida ikki kishi halok bo‘lgani xabar berdi.
Zarbalardan ikki soat oldin Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi Yamandan mamlakatning markaziy qismi tomon otilgan raketani tutib olgani xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa hujumi natijasida Tel-Aviv chekkasida joylashgan Ramat Gandagi maktab binosi va bir nechta mashinaga zarar yetgan.
Bu Isroilning husiylar pozisiyalariga birinchi zarbasi emas. Sentyabr oyi boshida SAXAL kuchlari husiylarga qarshi keng ko‘lamli operasiya o‘tkazib, harakatning Hodeydadagi pozisiyalariga kuchli zarbalar bergan edi.