Isroil Misr orqali Falastinning XAMAS harakatiga G‘azo sektorida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish va barqaror sulhga erishish uchun muzokaralarni boshlash taklifini yetkazdi.
Bu haqda Misrning “Al-Qohira al-Ixbariya” telekanali manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Qohira allaqachon radikallarni Isroil tashabbusi haqida xabardor qilgan va yaqin orada ularning javobini kutmoqda.
Bu ma’lumot hali rasman tasdiqlanmagan.