Isroilning G‘azo sektoridagi keng miqyosli quruqlikdagi operasiyasi Yevropa yetakchilarini mamlakat bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni tanqid qilishga va Isroil Mudofaa kuchlarini (IDF) qurollantirish borasidagi yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
“Isroilning Yevropadagi eng ashaddiy tarafdorlaridan biri borgan sari G‘azodagi urushga qarshi chiqishmoqda, qator davlatlar, jumladan, Germaniya ham savdo va qurol savdosiga cheklovlar qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda”, — deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, bir qator Yevropa davlatlari (jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va Germaniya) Isroilga qarshi “20 oylik mojaroga chek qo‘yish”ga yordam beradigan choralarni ko‘rib chiqishni boshlagan.
Maqola mualliflariga ko‘ra, xalqaro qoralash Yevropadagi o‘zgarishlar va Isroilning tobora kuchayib borayotgan yakkalanishi ramzidir. Ko‘proq davlatlar Yevropa Ittifoqini (YI) yahudiy davlatiga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirmoqda, deya aniqlik kiritmoqda Bloomberg.