Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil Vazirlar Mahkamasi G‘azodan ixtiyoriy emigrasiya vakolatini yaratishni ma’qulladi

Isroil Vazirlar Mahkamasi G‘azodan ixtiyoriy emigrasiya vakolatini yaratishni ma’qulladi

Isroil hukumati G‘azo sektoridan falastinliklarni ixtiyoriy ravishda ko‘chirish bo‘yicha maxsus ma’muriyat tashkil etilishini ma’qulladi.

Bu haqda Ynet portali Isroil bosh vaziri devoniga tayanib xabar berdi.

"Vazirlar mahkamasi kecha tunda G‘azodan ixtiyoriy muhojirlik bilan shug‘ullanuvchi idora tashkil etishni ma’qulladi”, — deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, hukumat Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning “AQSh prezidenti Donald Trampning qarashlariga ko‘ra, Isroil va xalqaro qonunchilik qoidalariga rioya qilgan holda” qiziqish bildirgan g‘azoliklar uchun uchinchi mamlakatlarga ixtiyoriy emigrasiya bo‘yicha ma’muriyat tashkil etish haqidagi taklifini ma’qullagan.

Ynet ma’lumotlariga ko‘ra, yangi boshqarma mudofaa vaziriga hisobot beradi va “g‘azoliklarning uchinchi davlatlarga o‘z ixtiyori bilan ketishi uchun xavfsiz va nazoratli o‘tishlarini tayyorlash va ta’minlash”, jumladan, xavfsizlikni ta’minlash, sayohat yo‘nalishlarini tasdiqlash, G‘azo sektoridagi belgilangan nazorat-o‘tkazish punktlarida tekshiruvdan o‘tkazish va “bo‘lgan mamlakatlarga quruqlik, dengiz va havo orqali sayohatni ta’minlashni muvofiqlashtirish” uchun javobgar bo‘ladi.

Kiritildi: 14:07 23.03.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!