Isroil va Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektorida uch kunlik sulh o‘rnatish va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan teng miqdordagi Falastin fuqarolari evaziga jangarilar tomonidan garovga olingan 50 kishini almashishga kelishib oldi. Bu haqda Al Arabiya va Al Hadath telekanallari manbalari xabar berdi.
Al Arabiya va Al Hadath telekanallarining yozishicha, mojaro tomonlari o‘rtasidagi kelishuv G‘azo sektorida uch kunlik sulhni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Isroil Falastin anklaviga "BMT nazorati ostida cheklangan miqdordagi yoqilg‘i" jo‘natilishini ma’qulladi.
Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, AQSh rasmiylari Isroilga kelishuvga rozi bo‘lishi uchun bosim o‘tkazmoqda.