Isroil va Falastin o‘rtasidagi jangovar harakatlar darhol to‘xtatilishi kerak, BMT tomonlarning zudlik bilan sulhga erishishi uchun harakat qilmoqda, dedi tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterresh BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida.
"Jang to‘xtashi kerak. U zudlik bilan to‘xtashi kerak. Bir tomonda raketa va minomyot hujumlari, boshqa tomonda esa havo va artilleriya hujumlari to‘xtashi kerak. Men barcha tomonlarni ushbu chaqiriqqa quloq solishga chaqiraman", dedi Guterrish.
"G‘azodagi qochqinlar lageriga qilingan hujum meni dahshatga solmoqda. Bir oilaning 10 a’zosi halok bo‘lgan. Gumanitar inshootlar muhofaza qilinishi kerak".
"Jurnalistlarga qo‘rquv va tazyiqsiz ishlashga ruxsat berish kerak. G‘azodagi media idoralarini yo‘q qilish juda katta tashvish", dedi u.
"Faqatgina oldinga borish yo‘li - tinchlik, xavfsizlik va o‘zaro tan olishi bilan, yonma-yon yashaydigan ikki davlatni yaratish maqsadida muzokaralarga qaytish, Quddus ikkala davlatning ham ummumiy poytaxti sifatida BMTning tegishli rezolyusiyalari, xalqaro huquq va bundan avvalgi bitimlar asosida yonma-yon yashasin”, — dedi Guterrish.
Ma’lumot o‘rnida, 8-mayga o‘tar kechasi Sharqiy Quddusda falastinliklar va Isroil polisiyasi o‘rtasida keng miqyosli to‘qnashuvlar yuz berdi. G‘alayonlar bir vaqtning o‘zida ikkita hududda boshlandi: Ma’bad tog‘i yaqinida va Shayx Jarrah mahallasida, bir necha arab oilalari Isroil sudi tomonidan quvib chiqarilmoqda, bu yesa bir necha kunlik noroziliklarga sabab bo‘ldi va tartibsizliklar kelib chiqdi.
Isroil va Falastinning G‘azo sektori chegarasidagi vaziyat 10-may oqshomida keskinlashdi. Eskalasiya boshlanganidan buyon 16-may holatiga ko‘ra G‘azo sektoridan Isroil hududiga 2,9 mingta raketa otilgan, ulardan 1150 tasi ushlangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda 10 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jiddiy jarohat oldi. Isroil ham G‘azo sektoriga yuzlab zarbalar berdi. Isroil havo hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 188 nafarga yetdi, 55 bola o‘ldirildi.