Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil va arab davlatlari munosabatlarini yaxshilashga doir “Avraam shartnomalari”ni kengaytirish bo‘yicha “muhim bayonotlar” bo‘lishi kutilmoqda — Stiv Uitkoff

Isroil va arab davlatlari munosabatlarini yaxshilashga doir “Avraam shartnomalari”ni kengaytirish bo‘yicha “muhim bayonotlar” bo‘lishi kutilmoqda — Stiv Uitkoff

AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff yaqin orada “Avraam shartnomalari”ga yangi davlatlarning qo‘shilishi bo‘yicha "muhim bayonotlar" kutilayotganini ma’lum qildi. U bu jarayonni "prezident Donald Trampning asosiy maqsadlaridan biri" deb atadi.

"Biz ko‘proq davlatlarning bu shartnomalarga qo‘shilishiga intilmoqdamiz va mening jamoam bu borada AQSh davlat kotibi bilan hamkorlikda ishlamoqda. Yaqin orada “Avraam tinchlik shartnomalari”ga qo‘shilayotgan davlatlar bo‘yicha juda muhim bayonotlarimiz bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Biz ilgari hech kim o‘ylamagan bir qator davlatlar bilan ham munosabatlarni normallashtirishga umid qilamiz", — dedi Uitkoff CNBC telekanaliga bergan intervyusida.

“Avraam shartnomalari” — bu Isroil va bir qator arab davlatlari o‘rtasida 2020–2021 yillarda, Trampning birinchi prezidentlik davrida imzolangan o‘zaro munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha bitimlar seriyasi. O‘sha paytda ushbu shartnomalar BAA, Bahrayn, Marokash va Sudan bilan imzolangan edi. 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumidan oldin Saudiya Arabistoni bilan ham o‘zaro munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan, biroq G‘azo urushi boshlanganidan so‘ng bu muzokaralar to‘xtatilgan.

Kiritildi: 06:56 27.06.2025. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!