Isroilning Tehronga so‘nggi uchta zarbasi natijasida 73 ayol va bola halok bo‘ldi.
Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Bag‘iy X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Tehronda oxirgi uch hujumda 73 nafar ayol va bola halok bo‘ldi; Chemran turar-joy majmuasida 20 nafar bola halok bo‘ldi, 48 soatdan keyin ham 10 kishi vayronalar ostida”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Isroil propagandasi” zarbalar “jarrohlik aniqligi bilan, turar-joy hududlariga zarar yetkazmasdan” amalga oshirilayotganini da’vo qilsa-da, aslida Isroilning “jarrohlik aniqligi” “bolalar va ayollarni nishonga olishdan” iborat.