Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar rasmiy tashrif bilan Kiyevga keldi.
Bu haqda The Times of Israel nashri uning matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, vazir Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga, Ukraina Oliy Radasi raisi o‘rinbosari, shuningdek, yahudiy jamoati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Saar Babi Yar yodgorlik majmuasiga tashrif buyuradi - Ikkinchi jahon urushi paytida nasistlar tomonidan 33 mingdan ortiq yahudiylar ommaviy qatl qilingan joyga.
Eslatib o‘tamiz, Saar Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganidan beri Ukrainaga tashrif buyurgan eng yuqori martabali isroillik siyosatchiga aylandi.
Isroil hukumati Rossiya Federasiyasining Ukrainadagi harakatlarini qoraladi, biroq G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmadi. Isroil Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatdi va Ramshtayn guruhining ba’zi yig‘ilishlarida qatnashdi.