2023 yil 7-oktabr kuni Xamas terror tashkilotining minglab jangarilari G‘azo sektoridagi Isroil qishloqlariga hujum qildi. Hujumda oddiy g‘azoliklar ham qatnashgan.
Ushbu terakt oqibatida 1400 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Terrorchilar 250 kishini garovga oldi, ulardan 100 dan ortig‘ining taqdiri hozirgacha noma’lumligicha qolmoqda.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azoda HAMASni mag‘lub etish va garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida terrorchilikka qarshi «Temir qilichlar» operasiyasini boshladi. Birinchi maqsadga amalda bir yil o‘tib erishildi, ikkinchisiga esa erishilmadi.
Mojaro tezda katta miqyosga chiqdi. Livan Hizbullohi 2023 yil 8-oktabrda chegara hududlarini o‘qqa tuta boshlagan va 60 mingdan ortiq isroillik hamon o‘z yurtida qochqin bo‘lib qolmoqda. Ushbu tahdidni bartaraf etish uchun ID yaqinda Livanda operasiya boshladi.
Iroqdagi Eronparast guruhlar Isroilga uchuvchisiz uchoqlardan o‘q uzmoqda. Yamanning hutiylari Qizil dengizni blokadaga olganini e’lon qildi. Bir qancha frontlarda urush davom etmoqda.