Bugun tunda Isroil harbiy samolyotlari Suriya va Livanga yana hujum qildi.
Livan matbuotining xabar berishicha, Isroil harbiy samolyotlari Livan janubidagi Rashaf, Hadada va at-Tiri shaharlariga zarbalar bergan.
❕ Ayni paytda Suriyada Xoms viloyatidagi Shayrat harbiy aerodromiga hujumlar uyushtirildi. Hujum paytida bir nechta kuchli portlashlar eshitilgan va aviabazada yong‘in chiqqan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.