Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Suriya bilan bir qancha shartlar asosida kelishuvga erishishga tayyor

Isroil Suriya bilan bir qancha shartlar asosida kelishuvga erishishga tayyor

Isroil Damashq janubidagi hududlarni qurolsizlantirish va yahudiy davlati Golan tepaliklaridagi bufer zonani nazorat qilishda davom etishi sharti bilan Suriya bilan kelishuvga erishishga tayyor.

Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

"Biz Suriyadan, birinchi navbatda, Damashqdan o‘zaro aloqa chizig‘igacha, shu jumladan, Xermon tog‘i va uning cho‘qqisiga yaqinlashish uchun qurolsizlangan hudud tashkil etishini kutamiz. Biz Isroil fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun bu hududlarni ushlab turibmiz va bu bizning majburiyatimizdir. Bu tamoyillarni yaxshi munosabatda va tushungan holda, suriyaliklar bilan har qanday holatda ham kelishuvga erishishimiz mumkin. vazirlik idorasi uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!