Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil sudi ukrainalik qochqinlarga yashash uchun ruxsatnoma berishga qaror qildi

A A A
Isroil sudi ukrainalik qochqinlarga yashash uchun ruxsatnoma berishga qaror qildi

Isroil sudi Ichki ishlar vazirligi Isroildagi barcha ukrainalik qochqinlarga Alef-5 vizasini berishi kerak degan qarorga keldi. Ushbu viza mamlakatda ishlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim olish va hokazo huquqiga ega bo‘lgan vaqtinchalik rezident maqomini beradi.

Tegishli qarorni Tel-Aviv magistratura sudi sudyasi Mixal Agamon-Gonen chiqardi. Uning ta’kidlashicha, hokimiyat deyarli ikki yil davomida ukrainalik qochqinlarga nisbatan siyosat ishlab chiqa olmagan, shuning uchun sud aralashishga majbur bo‘lgan.

Sudya Immigrasiya ishlari boshqarmasiga bir oy ichida Isroildagi barcha ukrainalik qochqinlarni yuqorida qayd etilgan viza bilan ta’minlashni va bu qarorni rasmiy veb-saytda e’lon qilishni buyurdi.

Kiritildi: 23:44 07.02.2024. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!